Farg‘ona viloyati IIB YHXB 2021 yilning 4 oktyabrdan 11 oktyabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida viloyatda yo‘l harakati qoidalari buzilishi holati bo‘yicha ma'lumot taqdim qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, bir hafta ichida 151 nafar haydovchi spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda avtoulov boshqargan.
Svetoforning taqiqlovchi belgisiga amal qilmagan haydovchilar 302 nafarni tashkil qilgan.
Yo‘l-transport hodisalari esa 16tani tashkil qilib, buning oqibatida 10 nafar fuqaro halok bo‘lgan.