Qashqadaryoda noqonuniy ovchilar «Jiguli VAZ 2106» mashinasi va ov jihozlarini tashlab qochib ketdi

Jamiyat 13:00 / 13.10.2021 1450

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida noqonuniy tarzda baliq ovlayotgan shaxslar mashinasi va jihozlarini tashlab qochib ketgan. Bu haqda viloyat Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Yakkabog‘ tumani nazorat inspeksiyasi inspektorlari hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tumanning «Samoq» hamda «Turon» MFY hududidan oqib o‘tgan Qizildaryo daryosi hududida tunda ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Reyd davomida bir guruh fuqarolar noqonuniy ravishda baliq ovlayotgani aniqlangan. Inspektorlarni ko‘rgan noqonuniy ovchilar «Jiguli VAZ 2106» mashinasi va ov anjomlarini tashlab qochib ketgan.

Qayd etilishicha, «Jiguli VAZ 2106» mashinasi IIB xodimlari tomonidan qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar evakuator bilan jarima maydoniga joylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: