Jizzakh Petroleum: kompaniyaning neft mahsulotlarini saqlash terminallarini qurish loyihasiga start berildi

Jamiyat 19:00 / 13.10.2021 9321

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Jizzakh Petroleum kompaniyasi tomonidan Argus Media, KPMG va Severin Development kompaniyalari jalb etilmoqda. Ularning mas'uliyat doirasiga loyihaning marketing, moliyaviy va texnik parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar kiradi. Argus Media kompaniyasi neft va neft mahsulotlari bozorining marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi. "Katta to‘rtlik"ka kiruvchi KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan loyihaning biznes rejasi va moliyaviy modeli ishlab chiqiladi, Severin Development kompaniyasi esa loyiha qurilishi va uning barcha texnik tarkibiy qismi borishini monitoring qilish bilan shug‘ullanadi. 

Asosiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishga doir tegishli texnik topshiriqlar Jizzakh Petroleum tomonidan loyihaning asosiy ishtirokchilariga berilgan.   

Loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichida 2023 yilga kelib avtomobillarga yoqilg‘i va gaz quyish kompressor stansiyalarining shaxsiy tarmog‘ini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Jizzakh Petroleum loyihaviy moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i Mansur Maxmudovning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning yetakchi kompaniyalari va o‘z sohasining professionallari bilan hamkorlik qilish eng yirik xorijiy kompaniyalarning mazkur loyiha va umuman olganda Jizzakh Petroleum'ga ishonchidan dalolat berib, zarur investitsiyalar kafolati, loyihaning muvaffaqiyatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi asosi hisoblanadi.  

Ma'lumot uchun: 

Argus Media – energiya tashuvchilar va boshqa tovarlar bozorlari narxlari va kon'yukturasi to‘g‘risida ma'lumot taqdim qiluvchi mustaqil xalqaro narx agentligi. Uning shtab-kvartirasi Londonda joylashgan. Argusning 21 ta ofisi dunyoning turli mamlakatlari, jumladan dunyoning muhim savdo va ishlab chiqarish markazlarida joylashgan.  

KPMG – professional xizmatlar ko‘rsatuvchi dunyodagi eng yirik tarmoqlardan va Deloitte, Ernst & Young va PwC bilan bir qatorda Katta to‘rtlikka kirgan auditorlik kompaniyalaridan biridir. Uning xalqaro shtab-kvartirasi Amstelven (Niderlandiya)da joylashgan. 

Severin Development – Rossiyaning qurilish,  BIM-qo‘llab-quvvatlash, texnik va qurilish nazorati sohalaridagi loyihalarni boshqarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyasi. Sanoat, energetika, yo‘l-transport tuzilmasi sohalariga ixtisoslashgan.

Jizzakh Petroleum kompaniyasi Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: