Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonga elektron tarzda ariza topshirish mumkin bo‘ldi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi «Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish» davlat xizmati ishga tushdi.

Foto: TASS/Aleksandr Ryumin
Ushbu xizmat orqali fuqarolar haydovchilar tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, o‘z hujjatlarini Ichki ishlar vazirligining hududiy ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga yuborishadi.
Qayd etilishicha, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va 083 shakldagi tibbiy ma'lumotnoma kabi hujjatlar talab etiladi.
Portal orqali ariza yuborilgach, ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari fuqaroga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirib, nazariy va amaliy imtihonlarga kirishga ruxsat berishadi.
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanilganda 10 foiz chegirma tufayli 24 300 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

11:12 / 15.01.2025
Germaniya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda - DW

12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi

16:54 / 13.08.2024