AQSh Kongressi davlat qarzi limiti oshirilishini ma'qulladi

Jahon 17:33 / 13.10.2021 3575

AQSh Kongressi vakillar palatasi davlat qarzi limitining 480 milliard dollarga oshirilishini ma'qulladi, deb  xabar berdi Reuters.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 219 kongressmen davlat qarzi limitining oshirilishini qo‘llab-quvvatlagan, 206 nafari qarshi ovoz bergan.

Mamlakat prezidenti Jo Bayden 18 oktyabrgacha tegishli qonunni imzolashi kutilmoqda.

AQSh moliya vazirligining bildirishicha, bu mablag‘ 3 dekabrgacha yetishi mumkin.

Oktyabr boshlarida AQSh senati mamlakat tarixidagi ilk defoltning oldini olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: