Samarqand, Urganch va Farg‘onadan Istanbulga parvoz qilish vaqtlari o‘zgaradi

Jamiyat 17:31 / 12.10.2021 573

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Samarqand, Urganch va Farg‘onadan Istanbulga parvoz qilish vaqtlarini o‘zgartirgan. Bu haqda aviakomaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, «O‘zbekiston havo yo‘llari» joriy yil noyabr oyidan 2022 yil mart oyigacha Samarqand, Urganch va Farg‘onadan Istanbul shahriga bo‘ladigan qatnovlarni yangi jadval bo‘yicha amalga oshiradi. Yangi jadvalda qatnovlar kunduzgi vaqtga o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Yangi jadvalga ko‘ra, Samarqand–Istanbul–Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar haftada uch marta, dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Samarqand–Istanbul–Samarqand

  • Samarqanddan uchish: 08:40 (Toshkent vaqti bilan);
  • Istanbulga kelish: 11:40 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan uchish: 13:10 (Istanbul vaqti bilan);
  • Samarqandga kelish: 19:25 (Toshkent vaqti bilan)

Urganch–Istanbul–Urganch yo‘nalishi bo‘yicha haftada bir marta, seshanba kuni qatnov amalga oshiriladi.

Urganch–Istanbul–Urganch

  • Urganch shahridan uchish: 09:30 (Toshkent vaqti bilan);
  • Istanbulga qo‘nish: 11:50 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan uchish: 13:20 (Istanbul vaqti bilan);
  • Urganch shahriga qo‘nish: 19:05 (Toshkent vaqti bilan).

Farg‘ona–Istanbul–Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta, chorshanba va shanba kunlari qatnovlar amalga oshiriladi.

Farg‘ona–Istanbul–Farg‘ona

  • Farg‘ona shahridan uchish: 08:45 (Toshkent vaqti bilan);
  • Istanbulga qo‘nish: 12:25 (Istanbul vaqti bilan);
  • Istanbuldan uchish: 14:00 (Istanbul vaqti bilan);
  • Farg‘onaga qo‘nish: 20:50 (Toshkent vaqti bilan).
Ko‘proq yangiliklar: