«Kitob o‘qiganlar kitob o‘qimaganlarni boshqaradi» - Furqat Qurbonov «Zakovat» o‘yinlarini rag‘batlantirish istiqbollari haqida

Jamiyat 02:22 / 12.10.2021 12499

Buxoro viloyati Romitan tumanida «Zakovat» breyn-ring intellektual musobaqasining respublika final bosqichi o‘tkazilmoqda. Toshkent-2 jamoasi safida musobaqalarda ishtirok etgan mashhur zakovatchi Furqat Qurbonov bilan kichik intervyu uyushtirdik.

Furqat Qurbonovning aytishicha, ilmga bu tariqa turtki berish o‘z samarasini beradi. Uni rag‘batlantirish esa yoshlar orasida ilmlilar ko‘payishiga yordam beradi. Taniqli bilimdon zakovat ligasidagi professional o‘yinlar va breyn-ring musobaqalari o‘rtasidagi farqlarni sanar ekan zakovatda asosan bilim zarurligi, breyn-ringda esa tezlik va omadning ham o‘rni kattaligini aytdi. «Masalan, tugmani tez bosishga ham ko‘p narsa bog‘liq», deydi u.

Furqat Qurbonov o‘zbekistonlik yoshlar bejiz chet elda yaxshi joylarda ishlamayotgani, oramizda universal bilimga ega kuchli yoshlar ko‘pligi ta'kidladi. Jamoasi haqida gapirar ekan mashhur bilimdon uni o‘zi faoliyat yuritadigan iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligidagi yoshlardan tuzganini aytdi.

Suhbatdoshimiz ilm kelajakda dunyo rivojida o‘z o‘rnini topishi haqidagi ushbu iqtibos bilan so‘zini yakunlandi: «Hali kitob o‘qiganlar kitob o‘qimaganlarni boshqaradi».

O‘tkir Jalolxonov suhbatlashdi,
Montaj ustasi — Faxriddin Xotamov.

Ko‘proq yangiliklar: