Surxondaryoda tadbirkordan 40 million so‘mlik kiyim-kechak olib pulini bermagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 18:32 / 11.10.2021 659

Surxondaryo viloyati Denov tumanida tadbirkordan 40 million so‘mlik kiyim-kechak olib pulini bermagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 29 sentyabr kuni Denov tumani Ibn Sino mahallasida yashovchi D.I. tuman IIBga murojaat qilgan. Murojaatda 29 sentyabr kuni tumanning «Xalqobod» bozori yonida Denov tumanida yashovchi Sh.B. unga tegishli 40 million so‘mlik erkaklar kiyim-kechaklarini olib, o‘zlashtirib ketganini bildirgan.

Qayd etilishicha, 2 oktyabr kuni Sh.Botirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: