O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar – sentyabr oylarida 206,7 mingta nikoh qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 9 oyida qayd etilgan nikohlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga ko‘proqni tashkil etgan.
2021 yilning yanvar – avgust oylarida esa 174 ming 998ta nikoh qayd etilgan.
Avvalroq, 2021 yilning dastlabki 6 oyida respublika bo‘yicha nikohdan ajrashish holatlari keskin ko‘payib, 19 ming 407tani tashkil etgani xabar berilgandi.