Jizzax viloyati soliq boshqarmasi tomonidan “Fayz” XK (nomi o‘zgartirilgan) “Fayz” XKga 829,5 million so‘mdan ortiq soliq hisoblangan. O‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida korxona faoliyatida QQS to‘lashdan bo‘yin tovlash yoki uni yashirishda ifodalangan jinoyat alomatlari yoki boshqa qonun buzilish holatlari aniqlanmagan
“Fayz” XK (nomi o‘zgartirilgan) sotib olgan mahsulotlar bo‘yicha 829,5 million so‘m QQS summasi soliq hisobotida aks ettirilgan. Jizzax viloyat soliq boshqarmasining xodimlari korxona faoliyatida kameral va sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazib, ularning natijasi bo‘yicha qonunbuzilish holatlari aniqlanmagan.
Shunga qaramay, boshqarma xodimi Z.M. tomonidan korxona xufiyona iqtisodiyot bilan shug‘ullangan tadbirkorlik sub'yektlari bilan qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimlar tuzganligi sababli 829,5 million so‘m QQS summasini hisobdan chiqarish to‘g‘risida asoslantirilmagan xulosa tuzilgan.
O‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida korxona faoliyatida QQS to‘lashdan bo‘yin tovlash yoki uni yashirishda ifodalangan jinoyat alomatlari yoki boshqa qonunbuzilish holatlari aniqlanmagan va to‘plangan hujjatlar boshqarmaga qaytarib yuborilgan.
Biznes-ombudsmanning tadbirkor manfaatida sudga kiritilgan da'vo arizasi natijasida Jizzax viloyati soliq boshqarmasining “Fayz” XKga 829,5 million so‘mdan ortiq soliq hisoblashdan iborat harakati qonunga xilof va qaror haqiqiy emas deb topildi.