Moskvada o‘zbek migrantlari noma'lum moddadan zaharlandi

Jamiyat 19:24 / 08.10.2021 30341

Moskvadagi ishchilar yotoqxonasida o‘zbek mehnat muhojirlari g‘alati holatda zaharlanishgan. Bu haqda Mash telegram kanali xabar bermoqda. Hodisa natijasida bir kishi voqea joyida vafot etgan, qolgan uch kishi esa kasalxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Zaharlanganlardan biri yotoqxona egasiga telefon qilib, sog‘lig‘i bilan muammolar yuzaga kelayotganini aytgan. Xostel egasi kelib eshikni taqillatganda hech kim javob bermaganligi va ochmaganligi bois uni buzib kirishga majbur bo‘lgan. Ichkarida ijarachilarning barchasi hushsiz holatda topilgan.

Ma'lum qilinishicha, yotoqxonadan hech qanday bo‘sh shisha yoki oziq-ovqat mahsulotlari topilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: