Xorazm va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
Toshkent viloyatining Qibray hamda Xorazm viloyatining Urganch shahrida 513 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanildi.

Foto: Hududgazta’minot
“Hududgazta’minot” xabar berishicha, Qibray tumani “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.X. xonadonida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylashtirmasdan, gaz hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 288,6 mln so‘mlik zarar aniqlandi.
Shuningdek, Urganch shahrida joylashgan “S.” MChJga tegishli umumiy ovqatlanish maskanida gaz tarmog‘iga elektron gaz hisoblash uskunasi o‘rnatilgan bo‘lsa ham, korxona gaz ta’minoti tashkiloti bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, loyiha-texnik hujjatlarisiz gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Iste’molchi tomonidan 225,14 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.
Holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.
Mavzuga oid

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

16:03 / 05.03.2025