«Biz yoshligimizda mahallalarda ko‘rardik, ba'zi bir oilalar uyini talabalarga berardi. Ular talabalardan arzimagan pul olardi yoki talabalar oilaning qandaydir ishlariga yordam berib turishardi.
Men bugun toshkentliklar yoki yirik shaharlardagi yurtdoshlarimizni talabalarni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman. Agar biz bugun ularni qo‘llab-quvvatlasak, ertaga Ibn Sinolar, Termiziylar chiqadi.
Ularni uyingizga olar ekansiz, buning sizga savobi ham ko‘p. U kimningdir bolasi. Musofirchilik deymiz, lekin xalqimiz, millatimiz bir-ku. Bizni kelajagimiz-ku ular. Balki, shu ilmli bola ertaga katta odam bo‘lib ketar. Bu hammamizni ruhlantirishi kerak bo‘lgan masala», – deya Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.