Samarqandda o‘zaro yo‘l talashib janjallashgan haydovchilarga ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi

Ma'lum qilinishicha, 27 sentyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIBga Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «Dinamo» stadioni oldidagi piyodalar o‘tish joyida, bir guruh haydovchilar o‘zaro yo‘l talashib janjallashgani haqida xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng hodisa joyiga IIB xodimlari zudlik bilan yetib borib, mushtlashuvning oldi olingan. Huquqbuzarlar IIBga olib kelinib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va ularga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Sud huquqbuzarlik sodir etgan K.M.ga 7 sutka, A.U.ga 6 sutka, Q.M.ga 5 sutka, G‘.G‘.ga esa 8 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlagan.
Mavzuga oid

20:30 / 10.02.2025
Toshkentliklarni haqoratlagan talaba qiz 10 sutkaga qamaldi

17:19 / 03.02.2025
Andijonda 13 yoshli qo‘shni qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

21:10 / 13.01.2025
“Jazolashdan maqsad nima?” – ma’muriy qamoq, sudyalar va adolat haqida katta suhbat

23:52 / 20.06.2024