Britaniya hukumati yonilg‘i inqirozi muammosini harbiylar yordamida hal qilmoqchi

Foto: Reuters
Britaniya hukumati mamlakatdagi AYoQShlarga benzin yetkazishdagi uzilishlarni harbiylar yordamida hal qilmoqchi. London harbiylarni benzovozlar haydovchilari sifatida yollashni rejalashtirmoqda.
The Times nashrining hukumatdagi manbaga tayanib xabar berishicha, bosh vazir Boris Jonson yaqin orada harbiylarni yonilg‘i inqirozini hal qilishga jalb qilish bo‘yicha qarorni qabul qilishi kerak. Ushbu amaliyot Escalin deb nom ham oldi. Katta yuk mashinasi haydovchisi malakasiga ega harbiylar yaqin kunlarda ushbu amaliyotni bajarishga kirishadilar.
Britaniyaning biznes, energetika va sanoat strategiyasi masalalari bo‘yicha vaziri Kvasi Kvartengning ta'kidlashicha, qirollikda yonilg‘i yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar yo‘q, neftni qayta ishlovchi korxonalar va omborlarda yetarlicha benzin bor, biroq muammo bu benzinni yetkazadigan odamlarning yetishmayotganidadir.
Shu sababli mamlakatda AYoQShlar ommaviy ravishda yopilmoqda, ishlab turganlarida esa ulkan navbatlar paydo bo‘lgan. Haydovchilar navbati kelishini soatlab kutishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Transport sohasi vakillarining bildirishicha, Britaniyada o‘n minglab yuk mashinalari haydovchilari yetishmayapti. Bunga koronavirus pandemiyasi va mamlakat YeIdan chiqib ketganidan so‘ng xorijlik ishchilarning ketib qolishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Hukumat xorijlik haydovchilar uchun minglab tezkor viza berishini e'lon qilgan. Xususan, oktyabrdan yuk mashinalari haydovchilari uchun 5 mingta uch oylik vizalar berilishi boshlanadi.
Mavzuga oid

14:44 / 20.02.2025
The Times: Britaniya Ukrainaga qiruvchi samolyotlarini yuborishi mumkin

09:45 / 17.02.2025
Britaniya bosh vaziri Ukrainaga qo‘shin jo‘natishga tayyor

20:10 / 06.02.2025
Okean tepasida yonilg‘isiz uchgan Airbus A330 – halokatga uchrashiga bir baxya qolgan samolyot

18:16 / 04.02.2025