Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan maktablardan birining direktori o‘qituvchilarga dars soatlarini sotishga uringani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada G‘uzor tumanidagi 49-maktab direktori dars soatlarini sotishga uringani ma'lum qilingan.
Qayd etilishicha, mazkur xabar yuzasidan joriy yil 25 sentabr kuni xabar G‘uzor tumani prokuraturasining jinoyat haqidagi ariza va xabarlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etilgan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari boshlangan.