Surxondaryoda Koreyaga o‘qishga yuborishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat 16:53 / 22.09.2021 2062

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Koreyaga o‘qishga yuborishini aytib fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 8 sentabr kuni Sho‘rchi tumani Ibn Sino mahallasida yashovchi O.J. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida tumanning Bobur mahallasida yashovchi T.B. 2019 yil 10 aprel kuni Koreya Respublikasiga o‘qishga yuboraman deb 2 850 AQSh dollarini olganini va o‘zlashtirib ketganini bildirgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 15 sentyabr kuni T.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: