Rahmatillo Isroilov Kun.uz tahririyatida qisqa fursat ichida o‘z fidoyiligi, vatani va vatandoshlarini sevishi, nohaqlikka murosasizligi bilan xalq e'tiborini qozondi. Kun.uz o‘quvchilari orasida ayniqsa «snos» masalalarini ko‘tarib chiqishi bilan tanilgan jurnalist bu boradagi ko‘plab muammoli holatlar yechimiga, xalq va jamiyat uchun manfaatli yakun topishiga sabab bo‘ldi.
Izlanuvchan jurnalist ishlash barobarida o‘qish, shaxsiy rivojlanish, boshqa xalqlar hayoti bilan yaqindan tanishish hamda dunyo kezishni maqsad qilgan.
Kun.uz jamoasi Rahmatillo Isroilovning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qo‘ygan dadil qadamini qo‘llab-quvvatlagan holda xalqimiz uchun yanada manfaatli inson sifatida rivoj topishiga ishonch bildirib qoladi.