Milliy gvardiya matbuot xizmati O‘rtachirchiq tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha izoh berdi

Jamiyat 19:35 / 17.09.2021 44885

12 sentabr kuni soat 01:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududida “Matiz” va “Damas” rusumli avtomobillar  ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida “Damas” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetida turgan 2007 yilda tug‘ilgan piyoda A.K.ni urib yuborgan va fuqaro A.K. olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

A.K.ning otasi ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat bilan chiqib, “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi Milliy gvardiya xodimi bo‘lganini va u qo‘yib yuborilganini aytgan.

Milliy gvardiya matbuot xizmati ushbu holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

“Davlat raqami 10 Z 954 SA bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi fuqaro T.M. ayni damda Milliy gvardiya xodimi emas. U oldin Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasining xodimi bo‘lgan va o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shatilgan. Uni oldindan tanigan fuqarolar tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan videotasvirda Milliy gvardiya xodimi deb yodga olingan”, deyiladi unda. 

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining ma'lumot berishicha, olib borilgan dastlabki tergov oldi surishtiruv jarayonlarida “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi Nurafshon shahar tibbiyot bo‘limi shifokorining xulosasiga ko‘ra mast holda ekani aniqlangan.

Mazkur YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: