Ma'lum bo‘lishicha, aksiya doirasida adliya tizimi xodimlari tomonidan ko‘ngilli ravishda 250 litrdan oshiq donorlik qoni topshirilgan.
Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutining ma'lumot berishicha, pandemiya davrida donorlar soni keskin kamaygan va og‘ir bemorlarning donorlik qoniga bo‘lgan talabi sezilarli darajada oshgan.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekison Respublikasida 2020 yil davomida ko‘chma donorlik punktlariga 15 mingdan ziyod ko‘ngilli fuqarolar qon topshirgan va minglab bemorlarning hayoti saqlab qolingan.
“Ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad donorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirishdir.
O‘tkazilgan mazkur beg‘araz donorlik aksiyasi turli kasalliklar yoki baxsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar, xususan, bemor bolajonlarning sog‘ayib ketishlariga muayyan darajada yordam beradi.
Adliya vazirligi xayrli ishda chetda turmay donorlik qilgan adliya organlari va muassasalari xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi” – deyiladi xabarda.