O‘zbekistonda yana bir bor Pepsi Taste Challenge start oldi. Ushbu global tanlovda har kim o‘zini sinab ko‘rishi mumkin. Tadbirda ishtirok etishni istaganlar ichimlik ta'mini ko‘zlari yumuq holda tatib ko‘rishadi. Va shu yo‘l bilan o‘zlariga yoqqan ta'mni bilib olishadi.
Mamlakatimizda mazkur aksiya uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda.
Pepsi Chellenge ilk bor 1975 yili AQShda o‘tkazilgan edi. U brendning eng yorqin va unutilmas tadbirlaridan biri bo‘lib, har kim Pepsi musobaqasida ishtirok etishi va o‘zini sinab ko‘rishi mumkin.
Aksiya shartlariga ko‘ra, jamoat joylarida ishtirokchilarga bir xil shakldagi ichimliklar taklif etiladi.
Pepsi vakili ushbu ikki ichimlikni tatib ko‘rishingizni va so‘ng o‘zingizga yoqqan ta'mni tanlashingizni so‘raydi.
Keyin ishtirokchiga “ko‘rmasdan tatib ko‘rish” shartida qay bir ichimlik yoqqanligi ma'lum qilinadi. Tanlov oshkor etilgunga qadar iste'mol qilingan ichimlik brendini iste'molchi ko‘rmaganligi sabab, test natijalari, ko‘pincha, syurpriz bo‘ladi va haqiqiy tanlov tasavvurdagidan farq qilishi mumkinligini ko‘rsatib beradi.
O‘zbekistonda Pepsi'ning “Ta'mlar jangi” uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Bu yil degustatsiya nuqtasi 22 ta bo‘lib, shundan 6 tasi Toshkentda, qolgan 16 tasi respublikaning markaziy shaharlarida joylashgan.
Barcha belgilangan manzillarda test sinovlarini olib borish tartibini “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining mustaqil kuzatuvchilari kuzatib boradi. Ular aksiya yakunida dasturning belgilangan qoidalarga muvofiqligini tasdiqlovchi tahliliy hisobot taqdim etishadi.
Siz hali Pepsi tanlovida ishtirok etmadingizmi? Unda shoshiling! 16dan 35 yoshgacha bo‘lgan yurtdoshlarimizning barchasi degustatsiya nuqtalariga borib, tanlovda qatnashishi mumkin.
Pepsi'ning “Ta'mlar jangi” 2021 yilning 25 avgustidan 10 sentyabriga qadar davom etadi.
Batafsil ma'lumotni bitva-vkusov.pepsico.uz saytidan olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida