Samarqandda mast holda kelib IIB xodimlarining faoliyatiga aralashgan shaxsga chora ko‘rildi

Jamiyat 09:14 / 06.09.2021 1789

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 sentyabr kuni soat 23:45larda Samarqand shahar Go‘ro‘g‘li ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan xodimlar yoniga, shu ko‘chada yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan D.Muhiddin mast holatda kelib, hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, jamiyatda o‘rnatilgan tartib qoidalarni qasddan mensimay, IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashgan.

Shundan so‘ng mazkur fuqaroni yaqin oradagi IIBga olib borish davomida, u xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan. Holatga D.Muhiddinning yaqinlari ham qo‘shilib uni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.

Qayd etilishicha, holat qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, D.Muhiddinga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Fuqaroning harakatlariga nisbatan sud organlari tomonidan yakuniy qaror qabul qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: