Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida «Neksiya» mashinasi urib yuborgan velosiped haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 3 sentabr kuni soat 8:30larda A378 Samarqand-G‘uzor xalqaro avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani hududidan o‘tuvchi 136-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
«Neksiya» mashinasi yo‘l chetida harakatlanib ketayotgan fuqaroni urib yuborgan. Oqibatda, velosiped haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, velosiped haydovchisi yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgani mazkur hodisaga sabab bo‘lgan. Shuningdek, «Neksiya» haydovchisi ham ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘ygan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.