Qashqadaryoda Nexia boshqaruvni yo‘qotib jarlikka quladi

Jamiyat 19:44 / 05.09.2021 2300

Manbaning ma'lum qilishicha, bugun 5 sentabr kuni tonggi M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan o‘tuvchi 1283-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan Qashqadaryo viloyatida yashovchi shaxsga tegishli Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib 15 metr chuqurlikdagi jarlikka qulagan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasiga Nexia mashinasi yuqori tezlikda harakatlangani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim vafot etmagan. Haydovchi tan jarohatlari olgan.

Ko‘proq yangiliklar: