Samarqand shahridagi chiqindi poligoni yonayotgani va undan tutun hamda qo‘lansa hid tarqalayotgani aytildi

Jamiyat 18:48 / 30.08.2021 2871

Samarqand shahri Super qo‘rg‘oni hududida joylashgan chiqindi poligonidan chiqayotgan achchiq tutun va hid aholi salomatligiga jiddiy ta'sir etayotgani haqida aholi tomonidan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat bo‘lgan. Boshqarma holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilishicha, Samarqand shahridagi Super qo‘rg‘onida yashovchi aholi telefon qo‘ng‘irog‘i orqali shu manzil yaqinida joylashgan chiqindi poligonida yong‘in sodir bo‘layotgani, oqibatda hududga achchiq tutun va qo‘lansa hid tarqalayotgani haqida viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilgan.

Shundan so‘ng Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va «Toza hudud» DUK hamda Sanitar markaz tomonidan tezkor tartibda ishchi guruh tuzilib holat atroflicha o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish davomida haqiqatda mazkur hududda bir necha yil mobaynida to‘planib qolgan chiqindilar o‘zida gaz hosil qilishi natijasida tabiiy tarzda alanga olganligi ma'lum bo‘lgan. Ushbu holat tezkor tartibda og‘ir va yengil texnikalar yordamida bartaraf etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: