Yaponiya raqamli universitetida tahsil oluvchi yoshlar kelajak uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini mustahkamlab, IT-muhandislik sohasida jahon miqyosida ishlovchi raqobatbardosh kadrlarga aylanishi mumkin. Universitet imkoniyatlari, ta’lim tizimi va kontrakt miqdorlari haqida bilish uchun ta’lim muassasasi rektori Ravshanbek Mamajonov bilan suhbat tashkil qildik.
Bugungi kunda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Shu sabab ushbu sohada ishlaydigan mutaxassislarga kun sayin talab kuchaymoqda. Toshkentdagi Yaponiya raqamli universiteti (Japan Digital University) yapon tili va IT muhandislik mahoratini mukammal o‘rganib, Yaponiya universiteti va O‘zbekistonning davlat universiteti ilmiy darajasini qo‘lga kiritish imkoniyatini beradi. Mazkur oliygohda tahsil oluvchi yoshlar kelajak uchun zarur bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini mustahkamlab, IT-muhandislik sohasida jahon miqyosida ishlovchi raqobatbardosh kadrlarga aylanishi mumkin.
Talabalar universitetni tamomlagach, quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha diplomni qo‘lga kiritishadi:
• dasturchi;
• QA-sinovchi;
• PHP-dasturchi.
Mazkur universitet, shuningdek, uning imkoniyatlari, ta’lim tizimi va kontrakt miqdorlari haqida bilish uchun universitet rektori Ravshanbek Mamajonov bilan suhbat tashkil qildik.
— Ravshanbek aka, dastlab universitet haqida ma’lumot berib o‘tsangiz?
— Davlatimiz rahbarining 2019 yilda Yaponiyaga tashrifi davomida ushbu universitetni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi va 2020 yilning 2 dekabrida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida o‘quv jarayonlari boshlandi. Yaponiya raqamli universiteti asosan IT mutaxassislarini tayyorlashga mo‘ljallangan. Bizning universitet raqamli ta’lim muassacasi bo‘lgani sababli o‘qish jarayoni ham onlayn, ham oflayn shaklda gibrid tarzda olib boriladi. Dastlabki 6 oy davomida intensiv yapon kurslari o‘qitiladi. Keyin mutaxassislik fanlari Yaponiyaning ta’lim dasturi orqali onlayn tarzda o‘qitila boshlanadi. Bu universitetni tashkil etishdagi asosiy maqsadlarimizdan biri O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikka o‘z hissamizni qo‘shish bo‘lgan.
Qarish tendensiyasining kuchliligi va aholi sonining kamayib borishi natijasida Yaponiyada xorijiy kadrlarga bo‘lgan talab yildan yilga oshib bormoqda. Ayniqsa, IT mutaxassislariga talab judayam yuqori. Nazariy bilimlardan tashqari 2-kursning 2-semestridan boshlab bizda pullik amaliyot ham boshlanadi. Talabalar ham o‘qib, ham pul topishni boshlashadi. Universitetni tugatgandan keyin bitiruvchilarga Yaponiyada ish joyi tayyor bo‘ladi. O‘qish davomida ham yapon tilini, ham IT bo‘yicha mutaxassislikni nazariy va amaliy jihatdan puxta o‘rgangan bitiruvchilar nafaqat Yaponiyadagi yuqori maoshli ishlarda, balki o‘zimizda ham talab yuqori sohalarda ishlashlari mumkin.
— Yaponiya raqamli universiteti O‘zbekistondagi boshqa ta’lim muassasalaridan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi? Qanday afzalliklarga ega?
— Bizning oliygoh O‘zbekistonda ochilgan birinchi raqamli ta’lim muassacaci hisoblanadi. Bizdagi eng yaxshi jihatlardan biri, 2-kursning 2-semestridan keyin boshlanadigan haq to‘lanadigan amaliyotdir. Amaliyotchilarga ish haqi Yaponiyada soatiga to‘lanadigan maoshdan kelib chiqib hisoblanadi. Bu pullarning bir qismini talaba o‘ziga olishi, qolgan qismini kontraktini to‘lash uchun ishlatishi mumkin. Eng muhim jihati, biz bitiruvchilarning hammasini Yaponiyada ish bilan ta’minlashga kafolat beryapmiz. Universitet tayyor kadrlarni tayyorlab chiqaradi va Yaponiyadagi yuqori daromadli ish bilan ta’minlash majburiyatini olyapti. Agar talaba barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, o‘qishni oxirigacha tugatsa, unga Yaponiyada ish joyi tayin. Menimcha, ayni paytda O‘zbekistondagi hech qaysi ta’lim muassacasi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga kafolat berayotgani yo‘q. O‘zim ham 10 yildan ortiq Yaponiyada ishlab, yashaganman. IT’ni yaxshi o‘zlashtirgan va davlat tilini bilgan chet ellik kadrlarga Yaponiyada talab judayam yuqori. Bitiruvchi talabalarga universitetni tugatishidan 2-3 oy avval ish joylari deyarli aniq bo‘ladi.
— Qabul kvotalari va kontrakt miqdori ham ko‘pchilik uchun judayam qiziq. Bu haqda batafsil ma’lumot bera olasizmi?
— 2021-2022 o‘quv yili uchun bizda jami 150ta kvota mavjud. Grant 10 nafar talabaga beriladi. Grant olishni xohlovchilar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning farzandi bo‘lishlari kerak va imtihonlarda yaxshi qatnashishi talab etiladi.
«A» kvotasi 40 nafar talabaga ajratiladi. Bunda asosiy davr uchun o‘qish narxi 12 200 000 so‘mni tashkil qiladi, qolgan miqdorni esa haq to‘lanadigan amaliyot yordamida to‘lashingiz mumkin.
«B» kvotasi esa 100 nafar talabaga beriladi. Bu ham «A» kvotasi bilan deyarli bir xil, faqat birinchi yildagi to‘lov miqdori biroz farq qiladi. Bunda talaba 12 200 000 so‘mni o‘zi to‘lashi talab etiladi, qolgan qismi uchun ASIA ALLIANCE BANK ATB tomonidan talabalarga imtiyozli shartlar asosida foizsiz kredit taqdim etiladi.
— Kirish imtihonlari qanday tartibda o‘tkaziladi?
— Asosiy fan bu matematika. Ushbu fandan kirish imtihoni o‘tkaziladi. Bundan tashqari, nomzodlarning yapon tilini o‘zlashtirishini tekshiramiz. Lekin abituriyentlardan oldindan yapon tilini bilish talab etilmaydi. Kirish imtihonlari davrida yapon tili boshlang‘ich daraja darslariga onlayn qatnash orqali yapon tili o‘rganiladi va shunga ko‘ra natijalar hisoblanadi. Biz hech qanaqa IELTS yoki TOEFL sertifikatini talab qilmaymiz. Bundan tashqari, har bir abituriyent motivatsion xat yozishi talab etiladi. Xatda nima uchun universitetga kirmoqchi ekani haqida batafsil ma’lumot berishi kerak. Hujjat topshirish va imtihonlarning hammasi onlayn tarzda amalga oshiriladi. Matematikadan imtihon olinganidan keyin yapon tilidan 2 hafta o‘tib imtihon bo‘lib o‘tadi. Ushbu 2 hafta ham aslida imtihon jarayoni hisoblanadi. Qaysi abituriyent platformaga kirib, qancha vaqt shug‘ullanayotgani nazorat qilib boriladi. Aktiv talabalarga qo‘shimcha ballar taqdim qilinadi. Boshida ham yapon tilini o‘rganish, ham mutaxassislik darslarini o‘zlashtirish parallel tarzda amalga oshirilgani uchun o‘z ustida ishlamaydigan talabalar bo‘lsa qiynalishadi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati 5 sentyabrgacha (topshiruvchilar soniga qarab qabul qilish muddati avvalroq yakunlanishi mumkin) davom etadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: jdu.uz
Batafsil ma’lumotlar uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998 71 200 05 95
Japan Digital University – aniq maqsad va katta orzular chinakamiga ushaladigan maskan!