Vaqtingizni behuda sarf qilmasdan bir vaqtning o‘zida kasb o‘rganishni va oliy ma'lumot olishni xohlaysizmi?

Jamiyat 12:00 / 26.08.2021 22335

Toshkent axborot texnologiyalari texnikumi «2+2» qo‘shma loyihalariga talabalar qabul qilinishini e'lon qiladi!

TATT 2021/2022 o‘quv yili uchun Janubiy Koreya universitetlari Bucheon University, University Sollege of Ulsan hamda Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma ta'lim loyihalari bo‘yicha 2021 yilning 10 sentyabr kunigacha hujjatlarni qabul qiladi.

 Ushbu loyihalarga muvofiq, talabalar O‘zbekiston Respublikasi professional ta'lim tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari doirasida TATT tomonidan yuqoridagi universitetlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq 2 yil davomida TATTda tahsil olishadi.

Kelgusida Bucheon University va University Sollege of Ulsan loyihalari bo‘yicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar 3-kursdan boshlab Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish, Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan loyiha bo‘yicha esa 3-kursdan boshlab Toshkent shahridagi Puchon universitetida o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Texnikum bitiruvchilari tegishli malaka va mutaxassisliklarga ega bo‘lgan professional ta'lim to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom oladilar. O‘qishni to‘g‘ridan to‘g‘ri Bucheon University, University Sollege of Ulsan yoki Toshkent shahridagi Puchon universitetida davom ettirayotgan talabalarga o‘qishni tugatganlaridan so‘ng tegishli universitetda o‘qish yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi diplomi beriladi.

Bugungi kunda TATT abituriyentlarga qo‘shma loyihalar doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olishni taklif etadi.

Bucheon University bilan qo‘shma loyiha doirasida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha:

  • Apparat-dasturiy majmualarini ishlab chiqish (mikrokontroller negizida hisoblash qurilmalarini loyihalash bo‘yicha mutaxassis; kommunikatsiya injiniringi bo‘yicha mutaxassis).

University Sollege of Ulsan bilan qo‘shma loyiha doirasida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha:

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konvergensiyasi (apparat majmua integratsiyasi bo‘yicha mutaxassis; dasturiy majmua integratsiyasi bo‘yicha mutaxassis);
  • mehmonxona xo‘jaligi ishini tashkil etish va boshqarish (ma'muriy va iqtisodiy xizmatlar menejyeri; Food and Beverage menejyeri).

Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan qo‘shma loyiha doirasida quyidagi mutaxassislik bo‘yicha:

  • Menejment (Koreys tili va menejment; menejyer).

Hujjatlarni qabul qilish 2021 yilning 10 sentyabr kunigacha ONLAYN rejimida amalga oshiriladi. www.qabul.texnikum.uz

  • TATT ta'lim muassasasida o‘qish o‘zbek va rus tillarida;
  • Koreya Respublikasidagi Bucheon University, University Sollege of Ulsan ta'lim muassasalarida o‘qish koreys tilida;
  • Toshkent shahridagi Puchon universiteti ta'lim muassasasida o‘qish koreys va ingliz tillarida olib boriladi.

Qo‘shma loyihalar bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Loyihalar haqida batafsil ma'lumotlarni www.texnikum.uz sayti orqali olishingiz mumkin www.texnikum.uz.

Qabul komissiyasining telefon raqami: +99855 502-01-01 (kod 3).

Ishga joylashmoqchi bo‘lgan pedagoglar quyidagi fanlar bo‘yicha +99855 502-01-01 (kod 1) telefon raqamiga murojaat qilib batafsil ma'lumot olishlari mumkin.

Fanlar:

– Koreys tili;

– Ingliz tili;

– Dasturlash (obektga yo‘naltirilgan dasturlash, algoritmizatsiya, ma'lumotlar bazasi);

– Internet buyumlarini dasturlash;

– Avtomatika va robototexnika tizimlari;

Texnikum manzili: Toshkent sh., M.Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi, 7-uy. Mo‘ljal: «Amir Temur xiyoboni» metro bekati.

Telegram: https://t.me/tatt_2022

Instagram: @texnikum.uz

Facebook: https://facebook.com/texnikumuz-581772929180030

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: