Samarqandda Damas va Isuzu avtobusi haydovchisi yo‘l talashib janjallashdi va bir-biriga jarohat yetkazdi

Jamiyat 19:48 / 26.08.2021 2501

Samarqand viloyati Toyloq tumani hududida Damas va Isuzu avtobusi haydovchisi o‘zaro janjallashgan va bir-biriga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 26 avgust kuni Toyloq tumani Saribozor mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Damas Samarqand–Urgut yo‘nalishida ketayotgan vaqtida shu yo‘nalishdan Samarqand tomonga borayotgan, Urgut tumani Tirsak mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvidagi Isuzu avtobusi («Avtotrans Urgut» DUKga qarashli), A.A.ning yo‘liga chiqib ketgan.

Mazkur qoidabuzarlik tufayli har ikkala haydovchi o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan. Oqibatda o‘zaro kelishmovchilik ortidan haydovchilar bir-birini urib tan jarohati yetkazgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: