Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 19 avgust kuni Mirishkor tumani Mirobod mahallasida yashovchi fuqaro X.J 2019 yil 26 iyun kuni AT «Xalq banki» Mirishkor filiali xodimi I.Sh.ga kredit olish masalasi bo‘yicha murojaat qilgan. Bank xodimi unga kredit berish uchun resurs yo‘qligini bildirgan va kredit olishi uchun X.J.dan bank boshlig‘i nomiga yozilgan ariza, kredit olishga asos bo‘ladigan barcha hujjatlarni rasmiylashtirib olib qolgan.
Mazkur ish bo‘yicha surishtiruvda I.Sh. X.J. taqdim etgan hujjatlar asosida firibgarlik yo‘li bilan uning nomiga 17 million so‘m kredit olib, o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Mirishkor tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan I.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.