“Onam meni ko‘rib azoblanadilar” - xasta farzandlar iztirobi

Jamiyat 13:56 / 20.08.2021 10670

«Onam meni ko‘rib azoblanadilar»...

Oqqonga chalingan Boburning ahvoli yomonlashgani sabab ota-onasi hatto umid uzib qo‘yishgandi. Onasi Shahnozaning aytishicha, bolasida bu kasallikning aniqlanishi ularni og‘ir holatga solgan: “Juda og‘ir kasallik ekan. Hech kimga ravo ko‘rmayman. O‘g‘lim juda qiynaldi, Allohning mo‘jizasini kutib yashadim”.

Bobur onasining ko‘z yosh to‘kishida o‘zini ayblaydi. “Meni o‘ylab qiynaladilar, azob chekadilar, keyin yig‘laydilar. Meni ko‘rib shu ahvolga tushdilar deb o‘ylayman”, — deya o‘kinadi bolakay ko‘zlari to‘la mung bilan.

Bobur Sa'dullayevga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0604 6457 0879 otasi Mustafo Bo‘ronov nomida

“Bir qo‘limda chaqalog‘im, bir qo‘limda xasta bolam bilan chorasiz qoldik”

Xastalik jajji Muhammadazizni ham uzoq muddat tengdoshlari qatori o‘ynab-kulib yurish baxtidan mosuvo etdi. U bilan birgalikda onasi ham dardning achchiq azobini chekib kelmoqda.

“Qo‘limda 3 oylik chaqalog‘im bor edi, Toshkentga shifoxonaga kelganimizda bu o‘g‘limda oqqon aniqlandi. Turmush o‘rtog‘im va ikki bolam: biri chaqaloq, biri betob – chorasiz qolib ketdik. Hozir ijarada yashayapmiz. Kira qilib ro‘zg‘or o‘tkazib turgan mashinani sotib bolamni davolatishga ishlatdik.

Bunaqa kasallar haqida televizorda eshitgandim. Bolamga bir narsa bo‘lsa qanday yashayman? Shunday bolamni qanday ko‘zim qiyadi?”, — deya zor yig‘laydi onasi Shahriniso.

Muhammadaziz Ahmadjonovga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0417 7479 2023 otasi Akmaljon Soliyev nomida

Viza: 4187 8000 0056 7131 otasi Akmaljon Soliyev nomida

Humo: 9860 0301 0124 2896 otasi Akmaljon Soliyev nomida

“Xorijda pul topaman deb bolamning sog‘ligini yo‘qotdik”

Zamira turmush o‘rtog‘i bilan ish topish maqsadida xorijga ishlashga ketishganda ikki farzandi buvisi va bobosi qo‘lida qolishgan edi. Er-xotin tirikchilik dardida boshqa bir dardga duch kelishlarini xayollariga ham keltirishmagan edi. Qizchasi Parvinada mash'um xastalik aniqlangani haqidagi xabar onani zudlik bilan qaytishga majbur qildi. “Biror narsa orttirarmiz deb ketgandik, aksincha yo‘qotdik. Haligacha o‘zimni ayblayman, bolamni tashlab ketmaganimda, yonida bo‘lganimda shunday bo‘lmasmidi balki. Qizim tuzalib ketsa bo‘ldi. Hech narsaga alishmasdim sog‘ligini”.

Parvina Rahimboyevaga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0604 4324 3218 onasi Zamira Rahimboyeva nomida

Sberbank: 4276 5500 3403 9571 qarindoshi Mohinur Chorshanbiyeva nomida

“Men farzand dog‘ini ko‘rdim, boshqalar ko‘rmasin”

Futbolchi bo‘lish orzusida o‘sayotgan Nursulton Qoraqalpog‘istondan kelib davolanmoqda. Onasi Zulfiya opa undan oldin ikki marta farzand dog‘ini boshidan o‘tkazgan. “O‘g‘lim shu kasalga chalinganini eshitgan kunim hayotimdagi eng qayg‘uli kun bo‘ldi. Shifokorlarga rahmat, bolamga yaxshi qarashdi. Men farzand dog‘ini ko‘rdim, boshqalar ko‘rmasin”.

Nursulton Rahmatullayevga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0423 4445 0951 onasi Zulfiya Ahmedova nomida

Onalarning dardga to‘la hikoyalari, ko‘z yoshlariga qorishgan nolalarini befarq tinglab bo‘lmaydi. Ularga hamdard bo‘lish, imkon qadar ko‘maklashish bilan qalblar halovat topadi. Zero, ehsonning mukofoti faqat ehsondir.

Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tasvirchi — Azimjon Vohidov.

Ko‘proq yangiliklar: