Aholi soniga nisbatan ajrashishlar soni kamaygani ma'lum qilindi 

Jamiyat 08:08 / 20.08.2021 5692

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2020 yilda aholi soniga nisbatan qayd etilgan ajrashishlar 1991 yilda aholi soniga nisbatan qayd etilgan ajrashishlarga qaraganda ikki baravarga kamaygan.

Qayd etilishicha, 1991 yilda 33,4 ming ajrashish holatlari qayd etilib, har ming aholi soniga nisbatan ajrashishlar soni 1,6taga to‘g‘ri kelgan.

Ma'lum qilinishicha, 2020 yilda 28,2 ming ajrashish holatlari qayd etilib, har ming aholi soniga nisbatan ajrashishlar soni 0,8taga to‘g‘ri kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: