Facebook, Instagram va WhatsApp toliblarning akkauntlarini bloklaydi
Qayd etilishicha, «Tolibon» AQSh qonunchiligiga muvofiq terrorchi tashkilot sifatida sanksiyalarga tushgan, shu bois Facebook ularga platforma xizmatlaridan foydalanishni taqiqlagan.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i «Tolibon» harakatini terrorchi tashkilot deb hisoblashini va jangarilarni qo‘llab-quvvatlaydigan kontentlar tarqatilishi hamda chop etilishini taqiqlashini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Kompaniya «xalqaro hamjamiyatning nufuzli qarori»ni qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlagan. Qayd etilishicha, «Tolibon» AQSh qonunchiligiga muvofiq terrorchi tashkilot sifatida sanksiyalarga tushgan, shu bois Facebook ularga platforma xizmatlaridan foydalanishni taqiqlagan.
«Bu toliblar tomonidan yoki ular nomidan yuritiladigan akkauntlarni o‘chirishimizni hamda ularni olqishlash, qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilishni taqiqlashimizni bildiradi», — degan kompaniya vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada «Tolibon» bilan bog‘liq kontentlarni aniqlaydigan va o‘chiradigan afg‘on ekspertlari guruhi ishlaydi.
Qayd etilishicha, bu siyosat Instagram va WhatsApp uchun ham amal qiladi.
Mavzuga oid

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

17:11 / 24.02.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston «Hayraton-Hirot» temiryo‘li qurilishi bo‘yicha kelishuvga erishdi

21:56 / 22.02.2025
Abdulla Aripov Toshkentda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

18:06 / 22.02.2025