Abdulla Aripov Toshkentda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
Savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. “Tolibon” delegatsiyasi ertaga Toshkent shahridagi qator ishlab chiqarish obektlari faoliyati bilan tanishadi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 22 fevral kuni Toshkentga kelgan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar bilan muzokara o‘tkazdi.
O‘zbekiston hukumati rahbarining matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro aloqalar do‘stlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangani, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan barcha sohalarda konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlangan.
“Oxirgi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. O‘tgan yili “Termiz xalqaro savdo markazi” ochilgani ikki tomonlama savdoni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi”, – deyiladi rasmiy relizda.
Afg‘oniston delegatsiyasining tashrifi 23 fevral kuni ham davom etadi. Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator ishlab chiqarish obektlari faoliyati bilan tanishish ham o‘rin olgan.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025