Viloyat hokimi tanqididan so‘ng Qashqadaryodagi ayrim tuman hokimliklari panjaralarni olib tashlamoqda

Jamiyat 13:31 / 16.08.2021 2465

Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tanqididan so‘ng ayrim tumanlarda hokimlikni o‘rab turgan temir panjaralar olib tashlanmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bundan bir necha kun avval Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev Xalq deputatlari viloyat kengashida bir qator dolzarb masalalar haqida so‘z yuritib tuman hokimliklari va davlat tashkilotlari binolarining panjara bilan o‘rab olinganini tanqid qilgandi.

Qayd etilishicha, mazkur tanqiddan so‘ng viloyatdagi ikki tuman: Koson va Shahrisabz tumanlari hokimliklari tegrasidagi temir panjaralar olib tashlanmoqda.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, tanqidgacha Chiroqchi, Dehqonobod, Yakkabog‘, Shahrisabz, Kitob va Koson tumani hokimliklari temir panjaralar bilan o‘rab olingan holda edi.

Ko‘proq yangiliklar: