Samarqanddagi shifoxonada giyohvand modda sotayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat 17:31 / 14.08.2021 1398

Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 avgust kuni Samarqand tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning Mironqul mahallasida joylashgan viloyat sil kasalliklari shifoxonasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida, Samarqand shahar Ko‘ksaroy mahallasida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan S.V. fuqaro T.ga marixuana giyohvand moddasini sotgan vaqtida ushlangan.

S.V. bilan olib borilgan surishtiruvlar davomida, ushbu giyohvand moddani mazkur shifoxonada davolanayotgan 1981 yilda tug‘ilgan D.I.dan olgani aniqlangan. Shundan so‘ng D.I.ning yoni ko‘zdan kechirilganda unga tegishli sport sumkasidan 0,5 sig‘imli shisha banka ichida marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: