Prokuror va tadbirkor ekani aytilayotgan ikki erkakning suhbati quyidagicha:
– Nimaga o‘ynab yuribsan?
– Ertaga odam tushiramiz, ertalab...
– Bekorni aytibsan. Hozir odam topib kelib, tushirasan. Tushunarlimi? Sen ikkalangni ham mayib qilaman. Ahmoq ekansan-ku. Sen ikkita ahmoqni kim qo‘shdi o‘zi ro‘yxatga? 5-maktabni ham rasvosini chiqaryapsan. Kel-da hozir ikkalasini ham ko‘rib, telefon qilasan, tushunarlimi? Top Ulug‘bekingni.
– Keladi hozir.
– Ey, menga qara, “odoljyeniye” qilmay, “normalno” gapir. Kel-da, odamingni ko‘paytir. Tushunarlimi yo‘qmi deyapman men senga!
– Odam bor. Aytdim-ku, ishda hammasi, keladi Kattaqo‘rg‘ondan.
– Qani “styajka”ni boshlagani?
– “Styajka” qilishni o‘zi kecha kechqurun aytdi.
– Ulug‘bekni top, menga telefon qilsin.
– Ha, bo‘ldi.
Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holatga munosabat bildirib, mazkur audioyozuvning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yozib olinganini aniqlash bo‘yicha Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilayotganini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar tizimida ikkinchi sektor prokuratura organlariga topshirilgan.
Bir necha kun oldin Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini o‘z uyida ishlatgani ma'lum bo‘lgan edi. Bu holatni Bosh prokuratura o‘rganayotgani aytilgan.