Ushbu xayriya aksiyasi 2021 yilda o‘z davrining yetakchilaridan biri bo‘lgan iste'dodli inson, AAT Group kompaniyasi hamta'sischilaridan biri – Olim Xasanov xotirasiga bag‘ishlab, O‘zbekistonning iste'dodli yoshlarining munosib oliy ta'limni qo‘lga kiritishlarida yordam berish maqsadida o‘tkazilyapdi.
Ishonchimiz komilki, har bir iste'dodli inson oilasining moddiy jihatdan farovonligi yoki ijtimoiy mavqeyini qat'i nazar, munosib ta'lim olish va rivojlanish huquqiga ega – va bu o‘z navbatida, jamiyatimizni yaxshi tomonga o‘zgartirish garovidir.
Aynan shu sababli, biz tanlov shartlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga O‘zbekistondagi istalgan OTMda tahsil olishlari uchun shartnoma to‘lovini to‘lagan holda individual moliyaviy ko‘mak ko‘rsatamiz.
Agar sen o‘qishni orzu qilsang, biroq moliyaviy tomondan imkoniyating yetmasa – AAT Group kompaniyasi Olim Xasanov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xayriya aksiyasi orqali sening orzularingni ro‘yobga chiqarishga tayyor!
Joriy yilda biz mamlakatimizning 5 nafar eng iste'dodli talabalarini tanlab olamiz. Dasturda ishtirok etish uchun arizalarni 2021 yilning 31 avgustiga qadar topshirish mumkin.
Dasturning asosiy shartlari:
1. Tanlovda O‘zbekistondagi istalgan oliy o‘quv yurtida, istalgan tilda pullik to‘lov shartnomasi asosida o‘qiyotgan 1-4 kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
2. Aksiya doirasida avvalgi har bir semestrda akademik fanlar bo‘yicha talabaning o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85 foizdan ortig‘ini tashkil etishi sharti bilan oliygohdagi ta'limga qolgan barcha muddat uchun to‘lovni to‘lab beriladi.
3. Ta'limni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, mazkur dastur ishtirokchilarining «AAT Group» kompaniyasi jamoasiga ishga qabul qilinishi kafolatlanadi.
Tanlov bir necha bosqichlarda o‘tkaziladi:
I bosqich – arizalarni foundation@aatgroup.uz elektron manzili orqali qabul qilish.
Ariza quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:
- nomzod so‘rovnomasi (CV);
- avvalgi o‘qish ma'lumotini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (o‘rtacha ball 4,5 yoki 85 foizdan yuqori);
- motivatsiya xati.
II bosqich – Test sinovi (15 finalistni tanlab olish)
III bosqich – Tanlov komissiyasi a'zolari bilan og‘zaki intervyu (tanlovning 5 g‘olibini aniqlash).
Tanlovning yakuniy natijalari 2021 yilning 1 oktabr sanasida e'lon qilinadi.
Reklama huquqi asosida