O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muhammad Rafiqov vafot etdi

Jamiyat 19:03 / 13.08.2021 6493

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, san'at arbobi Muhammad Rafiqov 11 avgust kuni 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma'lum qildi.

Muhammad Rafiqov “Bobur” telefilmida Shayboniyxon, “Amir Muzaffarxon”da Muzaffarxon, “Hakim va ajal” videofilmida Ibn Sino, “Imom al-Buxoriy” serialida al-Buxoriy, “Sohibqiron” serialida Amir Temur kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.

Iste'dodli aktyor, shuningdek, “Shaytanat” serialida Abdurahmon tabib, “Qo‘qon shamoli” filmida Shayx ul-islom obrazini jonlantirgan.

Muhammad Rafiqov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. Uning janoza namozi 12 avgust kuni Buxoro shahridagi xonadonida o‘qildi.

Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: