Ukraina aviakompaniyasi Samarqandga yangi reys ochmoqda

Jamiyat 13:31 / 11.08.2021 1600

Ukrainaning «Bees Airline» aviakompaniyasi Kiyev – Samarqand reysini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya saytida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 30 avgustdan boshlab Ukrainaning «Bees Airline» loukoster aviakompaniyasi Kiyev – Samarqand – Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Parvozlar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta – dushanba kuni amalga oshiriladi.

 Kiyev – Samarqand

  • uchish soat 15:35 da, qo‘nish soat 22:05 da;

 Samarqand – Kiyev

  •  uchish soat 23:05 da, qo‘nish soat 02:35 da. (Kiyev vaqti bilan)

Kiyev - Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi 4261 grivnadan (159 dollar) boshlanadi.

 Samarqand – Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 5 333 grivnadan (199 dollar) boshlanadi.

«Bees Airline» aviakompaniyasi 2019 yilda tashkil etilgan. Aviakompaniyaning ilk parvozi Misrga 2021 yil 18 martda amalga oshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: