Adliya vazirligi ISO 9001 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikat oldi

Jamiyat 17:13 / 11.08.2021 4449

2021 yil 11 avgust kuni keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida mazkur sertifikatni Adliya vazirligiga topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda 170 dan ortiq mamlakatlardagi firma va tashkilotlar ushbu sertifikatga ega bo‘lgan.  

Ushbu sertifikatni qo‘lga kiritish uchun Adliya vazirligida qanday ishlar amalga oshirildi?

Birinchidan, Adliya vazirligining ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, har yarim yillik yakuni bo‘yicha vazirlik ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi.

Ikkinchidan, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar belgilab olindi. Mazkur ko‘rsatkichlarga erishish holati har hisobot davrida monitoring qilib boriladi.

Uchinchidan, Adliya vazirligining ish faoliyatini amalga oshirishda tashqi va ichki imkoniyatlar va xavf-xatarlar, manfaatdor tomonlar va ularning talablarini aniqlashtirish bo‘yicha tahlil o‘tkazilib, faoliyat sifatiga ta'sir qiluvchi xavf-xatarlarni kamaytirish va sifatni yanada oshirish bo‘yicha ish rejalar ishlab chiqildi. Bunda, ish faoliyat har hisobot davrida auditdan o‘tkazilib, sifatga ta'sir qiluvchi omillar bartaraf qilib boriladi.

To‘rtinchidan, an'anaviy tarzda hisobotdagi ko‘rsatkichlar miqdoridan kelib chiqib baholashdan voz kechilib, har bir soha bo‘yicha alohida maqsadli mezonlar belgilab olindi va ushbu mezonlarni baholash tizimi joriy qilindi.

Adliya vazirligi faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish orqali jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari to‘liq ta'minlanishiga hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari asosida qonun hujjatlari ishlab chiqilishiga erishish ustuvor maqsad qilib olingan, deyiladi vazirlik xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: