Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 28 iyul kuni soat 15:40larda, Koson tuman DXX, IIB va Milliy gvardiya xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda xonadonida kannabis giyohvandlik o‘simligini o‘stirib kelayotgan shaxs qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Koson tumani «Arabxona» MFYda yashovchi U.A. molxonasida 14 tup hamda bog‘ida 4 tup giyohvandlik o‘simligi parvarishlab kelayotgani aniqlangan. 18 tup nam holdagi kannabis giyohvandlik o‘simligi tortilganda uning og‘irligi 26.2 kilogramm tosh bosgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan U.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.