Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilarni haqorat qildi. Holatga viloyat XTB munosabat bildirdi

Jamiyat 20:39 / 10.08.2021 3534

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi 40-sonli umumta'lim maktabi direktori o‘qituvchilarga qo‘pol muomala qilgani, dars vaqtida sinflarga kirib xalal berib yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Shuningdek, direktor holatni videoga olgan o‘qituvchi ayolni haqorat qilgani ham tasvirlangan. Mazkur holat yuzasidan viloyat XTB munosabat bildirdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalar yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi mas'ullari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar davomida ijtimoiy videolavha va fotolar joriy yilning fevral oyida tasvirga olingani ma'lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, tez fursatlarda viloyat XTB tomonidan o‘rganilayotgan jarayonlar yakuni va unga oid to‘plangan asoslantiruvchi manbalarga asosan maktab direktorining xatti-harakati yuzasidan munosabat beriladi.

P.S. Qashqadaryo viloyati XTB o‘z munosabatida holat joriy yil fevralda yuz berganini bildirgan. Ammo videoda uni tasvirga tushirayotgan ayol «Maktab direktori hozir ro‘za oyi bo‘lishiga qaramasdan so‘kinib yuribdi», degan. Eslatib o‘tamiz, Ramazon oyi joriy yil 12 apreldan 12 maygacha davom etgan.

Ko‘proq yangiliklar: