Olimlar yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan mamlakatlar nomini aytishdi
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mintaqadagi mamlakatlar uzoq vaqtdan buyon dengiz toshqinlari, siklonlar, davomli qurg‘oqchilik va grunt suvlarining sho‘rlanishidan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi sababli ko‘plab mamlakatlar suv ostida qolmoqda.

Kiribati / Foto: Getty Images
Global isish oqibatida Tinch okeanidagi ayrim orol davlatlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu haqda BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi olimlari Guardian nashriga bergan intervyusida aytishdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mintaqadagi mamlakatlar uzoq vaqtdan buyon dengiz toshqinlari, siklonlar, davomli qurg‘oqchilik va grunt suvlarining sho‘rlanishidan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi sababli ko‘plab mamlakatlar suv ostida qolmoqda.
«Bu esa Kiribati, Vanuatu va Sulaymon orollarini yashash uchun yaroqsiz holga keltiradi», — dedi Greenpeace Australia Pacific tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Nikola Kazule.
Avvalroq iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq isib borayotganini ma'lum qilgandi.
Olimlarning hisobotida qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa 2040 yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi.
U holda issiq to‘lqinlar, shamollar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yong‘inlar yanada ko‘proq sodir bo‘la boshlaydi, muzliklar erib qulaydi.
Ma'lumot berilishicha, 1900 yildan buyon dunyo okeani sathi 20 santimetrga ko‘tarilgan.
Mavzuga oid

13:11 / 08.03.2025
Iqlim xavfi – 2025 indeksi e’lon qilindi. Unda nimalar haqida so‘z boradi?

13:40 / 11.01.2025
Internetdagi botlar iqlim inqirozini kuchaytirmoqda - olimlar

21:59 / 08.01.2025
BMT Arktika muzliklarining erishi xavfli qadimiy mikroblarni uyg‘otishidan ogohlantirdi

15:51 / 06.01.2025