Xorijga chiqish biometrik pasportini qancha muddatda olish mumkin?

Jamiyat 18:08 / 09.08.2021 75290

Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova aholidan kelgan dolzarb savollarga javob berdi.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekiston hududida xorijga chiqish biometrik pasporti ma'lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab o‘n ish kunida, xorijda esa diplomatik pochtani jo‘natish grafigiga muvofiq belgilangan tartibda beriladi.

Shuningdek, fuqaroga va unga hamrohlik qiluvchi shaxsga (shaxslarga) xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish muddati O‘zbekistondan zudlik bilan chiqib ketishni talab qiladigan holatlarda, shoshilinch davolanish zarurligini tasdiqlovchi viloyat va respublika miqyosidagi davlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar, yaqin qarindoshining og‘ir kasalligi yoki vafot etganini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda, chiqish huquqiga cheklov bo‘lmagan taqdirda 5 ish kunidan oshmasligi lozim.

Fuqaro xorijga chiqish biometrik pasportini yo‘qotgan taqdirda yangi pasport belgilangan tartibda pasport yo‘qolgani haqida ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida beriladi.

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun davlat boji BHMning 1,2 baravari (294 ming) so‘mni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: