“Hyundai” zavodi qurilmasligi mumkin. Koreya tarafi bu bo‘yicha fikrini o‘zgartirgan

Namangan viloyatida qurilishi rejalashtirilgan “Hyundai” avtomobil zavodi loyihasi amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda Namangan investitsiya boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Abdullayev OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Hyundai” zavodi qurilishi bo‘yicha ilk marta Prezidentning 2018 yil may oyida Namangan viloyatiga tashrifida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda topshiriq berilgan edi.
Shundan so‘ng 2018 yil noyabr oyida zavod qurilishi uchun tamal toshi qo‘yiladi. Ajablanarlisi, oradan ma'lum vaqt o‘tib, 2019 yil aprel oyiga kelib yana bir bor tamal toshi qo‘yish marosimi o‘tkaziladi. Lekin shunga qaramay zavod qurilishi boshlanmaydi.


2020 yil yakuni bo‘yicha OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu holatga munosabat bildirgan edi. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni barcha qo‘yilgan shartlarni bajargan. Zavod ta'sischilarida o‘zgarish bo‘lgani sabab qurilish ortga surilgan. Hozirda yangi ta'sischilar tomonidan shartnomalar qaytadan imzolanishi kutilmoqda, deyilgan edi.
Namangan investitsiya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan bugungi matbuot anjumanida esa ushbu loyiha amalga oshmasligi ehtimoli yuqori ekani ta'kidlandi. Zavod qurilishiga Koreya tarafidan mas'ul bo‘lgan ta'sischilar ushbu loyihani istiqbolli emas deya baholagan. Bunga sabab sifatida Respublikaning bojxona hamda soliq qonunchilik amaliyoti ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, QK «Hyundai Motor UZ Namangan» MChJ ta'sischilari tarkibi «Hyundai Motor Company», «Evergreen Motors Co» Ltd va «Youngsan Glonet» O‘zbekiston tomonidan Namangan viloyati hokimligi hisoblanadi.
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

18:37 / 25.02.2025
Namanganda Lacetti 11 yoshli qizni urib yubordi

10:26 / 10.01.2025
Pop tumani FVB boshlig‘i tezkor tadbirda 160 ming dollar bilan qo‘lga olindi

22:59 / 09.01.2025