Sariq chaqaga ishlayotgan fidoyilar. SUBYEKTIV'da – yana qadrsiz shifokorlar mavzusi

Jamiyat 16:12 / 07.08.2021 33054

O‘zbekistondagi eng katta muammo bilasizmi nimada? Bitta muammoni topib, uni ko‘rsatsang, muammoni emas, balki o‘sha muammo haqida gapirgan odamni yo‘qotishga harakat qilishadi. Go‘yoki shu bilan muammo ham yo‘qolib qoladigandek.

5 oy oldin, mart oyida SUBYEKTIV'da shifokorlar haqida ko‘rsatuv e’lon qilgan edik. Ko‘rsatuvda nega shifokorlar pulga retsept yozadi, nega farmkompaniyalar bilan til biriktiradi va o‘zi umuman nima sababdan sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiya bu darajada kuchli degan savollarga javob izlagandik.

Surishtiruvimizda aksar muammolarning zamirida shifokorlarga bo‘lgan munosabat, byurokratiya va eng asosiysi oylik kamligi yotishini ko‘rsatgan edik. Lekin surishtiruvimizdan so‘ng, aksincha, tibbiyot xodimlariga bo‘lgan bosim oshgani haqida xabar topdik: har xil reydlar tashkillashtirib, farmkompaniyalar tomonidan beriladigan daftar-ruchkalarni yig‘ishtirishni boshlashdi; kadrga tushgan shifokorlarni topib, ularga qarshi chora ko‘rishga harakat qilishdi.

Xullas, hali ham simptomlar bilan kurashib yotibmiz, sabablar bilan hech kimning ishi yo‘q.

Rasmiy statistika bo‘yicha eng kam oylik hali ham tibbiyot xodimlariga tegishli. Sharmandagarchilik emasmi axir? Yaqinda Qashqadaryoda bemordan kasallik tarixi ochish uchun 5 ming so‘m so‘ragan feldsher voqeasi rosa muhokamalarga sabab bo‘lgan edi... Mana qanchalik xor tibbiyot posbonlari, bitta daftarni ham o‘zining yonidan sotib olishi kerak, mana sizga daraja!

Xalqimizning shifokorlarga bo‘lgan munosabatini gapirmasa ham bo‘ladi, vaqti kelsa dushmandan battar munosabat qilishadi. Bilishmaydiki, muammo – tizimda.

Navbatdagi ko‘rsatuvimizda xalqimizga tibbiyot xodimlari ichida o‘z ishiga vafodor insonlar borligini va ularning mehnati qanchalik mashaqqatli ekanini ko‘rsatib berishga harakat qildik.

Qolaversa, hukumatimizga eslatmoqchimizki, mana shunday fidoyi insonlar sohani tark etib, holat shu zaylda davom etsa, sog‘liqni saqlash tizimimizni yumshoq qilib aytganda jiddiy oqibatlar kutadi.

Loyiha muallifi:
Jamshidxon Ziyoxonov

Tasvirchilar:
Muhammadjon G‘aniyev
Otaxon Yusupov

Ko‘proq yangiliklar: