Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan test sinovlarida uyali telefon ishlatgan va boshqalar o‘rniga kirgan shaxslar aniqlandi

Jamiyat 14:04 / 07.08.2021 12880

Qashqadaryo viloyatida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlarida uyali telefon ishlatgan va boshqalar o‘rniga kirgan shaxslar aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Qarshi shahridagi «Nasaf» o‘yingohining mashg‘ulotlar maydonida 2 bosqichda oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda. Sinovlar o‘tkazilayotgan maydonga kirishdan avval abituriyentlar har tomonlama tekshirilmoqda.

Shunday bo‘lsa ham ayrim yoshlar ma'lum manfaat evaziga birovning o‘rniga test sinovlarini topshirishga urinmoqda. Shuningdek, test sinovlariga uyali aloqa vositalarini olib kirishga urinishmoqda. Ichki ishlar xodimlarining sa'y-harakati bilan bunday shaxslar to‘xtatib qolinmoqda.

Jumladan, test sinovlari boshlangan 5 avgustdan 7 avgust kuni ertalab o‘tkazilgan sinovlarga o‘zganing o‘rniga kirgan 14 nafar, uyali telefondan foydalangan 17 nafar, yashirincha ovoz eshitish moslamasidan foydalangan 4 nafar shaxs aniqlangan. Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: