Andijon viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, viloyatning Ulug‘nor, Oltinko‘l va Xo‘jaobod tumanlarida emlash nisbatan faol olib borilmoqda.
Viloyat bo‘ylab kuniga 40-50 ming dozadan vaksinatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Respublika miqyosida olganda, Andijon viloyati vaksinatsiya darajasi bo‘yicha Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan keyin 3-o‘rinda turibdi.