Svast va Citymed O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida raqamli o‘zgarishni amalga oshirish uchun hamkorlik qilishini ma'lum qildi

Jamiyat 16:00 / 06.08.2021 6985

Amerikaning Svast Inc. kompaniyasi hamda Toshkentdagi yetakchi shifoxonalardan biri bo‘lgan Citymed Clinic O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini raqamli o‘zgartirish maqsadida uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risida mamnuniyat ila e'lon qiladi. Citimed kompaniya va uning dunyo bo‘ylab 70dan ortiq klinikalardan iborat hamkorlari tajribasiga asoslangan tibbiy ro‘yxat, aloqalar va soddalashtirilgan tizimning asosiy namunasiga aylanadi.

Chapdan o‘ngga: Rustam Jahongirov, Abdur Rahim, Kunnummal Bidju, shifokor Ashokvardxan Chordiya, Lata Xarixaran, Otabek Otabayev, Bahrom Saxobov, Navnit Agarval, Elmira Memetova, Baxtiyor Jaxangirov

Shunday qilib, Svast dunyodagi barcha uchun shaxsiylashtirilgan tibbiy xizmatni taqdim etish bo‘yicha vazifalari qatoriga Citymed'ning bemorlarni parvarish qilish bo‘yicha individual yondashuvi ham qo‘shiladi. Shartnomani imzolash vaqtidan boshlab Svast kompaniyasi Citymed shifoxonasining boshqaruvi va xizmat ko‘rsatish faoliyatini o‘z zimmasiga oladi.

Mazkur hamkorlik shifoxonaga xalqaro me'yor va standartlarga mos ravishda oliy toifadagi tibbiy xizmatlarni taqdim etish uchun yetakchi shifokor va jarrohlarni jalb etadi. Bu esa o‘z navbatida, Citymed Toshkentdagi yetakchi xususiy shifoxonaga aylanishiga imkon beradi.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlari, xususan, Hindiston va AQShdan yetakchi shifokorlar, jarrohlar, tibbiyot ekspertlari, texnik va administrativ mutaxassislarning tashrifi mahalliy Citymed mutaxassislarining malakalarini kengaytirish va yanada yaxshilashga qaratilgan. Bundan tashqari, Svast kompaniyasining raqamli Sog‘liqni saqlash sohasidagi keng tajribasi va mavjud yechimlari bemorlar va tibbiyot xodimlari hayotini sezilarli yaxshilagan holda mahalliy sog‘liqni saqlash sohasida katta yangilik olib kirishni kafolatlaydi.

Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish tibbiy xizmat ko‘rsatish har tomonlama murakkab bo‘lgan O‘zbekiston kabi mamlakat uchun istiqbolning yangi bosqichini ochadi. Sog‘liqni saqlash xodimlari transport ishlari va resurslarni saqlash kabi logistika tajribasi cheklanganligidan tortib, keng ko‘lamli sharoitlarda yetarli darajada parvarishlash hamda bemorlarga ilg‘or yondashuvlar haqida batafsil ma'lumotlar berish bo‘yicha turli xil qiyinchiliklarga duch kelishadi. 

Svast va Citymed hamkorligi sog‘liqni saqlash sohasidagi ushbu muhim muammolarni hal etishga yordam beradi. U ilg‘or texnologiyalar joriy qilish uchun asosni yaratadi. Svast shifoxonalarni boshqarish xizmati malakali ishchi kuchi, operatsion samaradorlik, sog‘liqni saqlash sohasidagi ekspertlar va mutaxassislarga murojaat qilish, shifoxona va  uning bemorlariga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini taklif etadi.

«Raqamlashtirish - jarayon va sifatni ta'minlash hamda nazorat qilish uchun juda muhim. Svast platformasi ilg‘or tajribalarni joriy qilish, malakali mutaxassislarga tezroq murojaat qilish, tibbiy yozuvlar bo‘yicha raqamli almashinuvni yo‘lga qo‘yishga, shuningdek, bemor va shifokorlar o‘rtasida telealoqalarni ta'minlashga imkon beradi», - deydi Lata Xarixaran, Svast kompaniyasi prezidenti.

Teletibbiyot va masofaviy tashxis kabi raqamli vositalar bemorlarning malakali tibbiyot markaziga borish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi va kadrlar yetishmovchiligi aniq bo‘lgan hududlarda tibbiy xizmatlarni ko‘rsatgan holda diagnostika sifatini yaxshilashi mumkin. Tibbiy yozuvlar, diagnostika vositalari va yechimlarini raqamlashtirish qulaylikni oshiradi hamda zarur ma'lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etishni osonlashtiradi. Svast mahalliy aholining ehtiyojlariga mos ravishda O‘zbekiston hududlariga mutaxassis-shifokorlarni jalb qilishdan tashqari, sog‘liqni saqlash sohasidagi statistik tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlaydi, salomatlik masalalari bo‘yicha ta'limiy yechimlarni amalga oshiradi va joylarda tegishli ma'lumotlarni tarqatishga xizmat qiladi.

Bizning hamkorligimiz Svast'ning sog‘liqni saqlash sohasidagi tajribasidan foydalanib, Citymed xizmatlari qatoriga yangi, yuqori sifatli, ko‘p tarmoqli tibbiy muolajalarni joriy qilishga imkon beradi.

«Yangi yechimlar va tibbiy jarayonlar tez ishlab chiqiladi. Svast kompaniyalar guruhi orqali bu jarayonda oldinda turadi. Biz O‘zbekistonga ushbu yechimlarni Citymed orqali olib kirayotganimizdan mamnunmiz», - deya qayd etdi Kunnummal Bidju, Svast bosh direktori.

Citymed har yili Toshkentda minglab insonlarga tibbiy yordam ko‘rsatadi. Svast esa bir necha yillardan beri mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida faol rol o‘ynab kelmoqda". 2020 yilning dastlabki «lokdaun» oylari davomida Svast Toshkentdan jiddiy xastaliklar bilan aziyat chekayotgan bir guruh bemorlarni qabul qildi. Bemor va ularning yaqinlari uchun qiyin bo‘lgan bunday vaqtda boshpana va g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan holda ularni Dehliga eson-omon yetkazdi.

Oldindagi jarayonlar va o‘zgarishlar natijasida biz shifoxona hayotida yangi bosqichni ko‘rmoqdamiz. Bunday hamkorlik bizning uskunalarimiz va o‘rnatilgan infratuzilmamiz imkoniyatlarini to‘laqonli namoyon etishga yordam beradi. Shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatishning yangi yo‘nalishlarini ishga tushirish kelgusidagi rejalarimizda aks etadi. Ishonch bilan ayta olamanki, Citymed'ga xorijlik mutaxassislarning tashrifi mamlakatimiz fuqarolarining tibbiy turizmga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. Aksincha, qo‘shni davlatlardan bemorlar oqimini jalb etishga yordam beradi. - deydi Bahrom Sahobov, Citymed Clinic tibbiy direktori.

Svast qanday to‘siqlar bo‘lishidan qat'i nazar, bemorlarga kerakli yordam ko‘rsatishga oshiqadi. Ularning «sun'iy intellekt platformasi» va «inson ishtirokidagi platforma»lari tibbiy xodimlarga majburiyatlarini amalga oshirishlarida eng yaxshi qo‘llanmalarni taqdim etadi. Citymed bilan hamkorlik O‘zbekistondagi shifokorlarga ham, tibbiyot muassasalariga ham sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonini osonlashtiradi.

Svast va Citymed birgalikda sog‘liqni saqlashdagi qulaylik sohasida O‘zbekiston bilan bir qatorda butun dunyoda katta revolyutsiyani amalga oshiradi.

Ko‘proq ma'lumotlarni ushbu saytda topasiz: https://visit.svast.com/citymed/

Reklama huquqi asosida

 

Ko‘proq yangiliklar: