Polsha va Koreyaga ishga yuborishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

Jamiyat 12:09 / 06.08.2021 7468

Ma'lum qilinishicha, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro Q.Ya. fuqaro B.T.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Polsha davlatiga ishga yuborish va viza olib berish evaziga 5 000 AQSh dollarini olib o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Fuqaro A.K. esa 4 nafar fuqaroni aldab, ularni tanishlari orqali Koreya davlatiga ishlash uchun jo‘natish evaziga 5 800 AQSh dollari va 163 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: